Ro‘yxatga, shuningdek, AQSh, Kanada, Yaponiya, Italiya, Avstraliya, Marokash, Angliya va boshqa davlatlar kiritilgan.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston o‘zining noyob an’analari va madaniyatini faol saqlab, ayni paytda turizmni rivojlantirishga katta e’tibor qaratmoqda. Mamlakat yangi mehmonxonalar qurish, temir yo‘l va havo yo‘nalishlarini rivojlantirishga sarmoya kiritmoqda. Bu ishlar respublikaga ko‘proq sayyohlar oqimini jalb qilishga yordam bermoqda.
Maqolada 2025 yil 5 sentabrdan 20 noyabrgacha O‘zbekistonda birinchi yirik xalqaro Buxoro biyennalesi o‘tkazilishi haqidagi ma’lumotlar o‘quvchilar e’tiboriga taqdim etilgan.