Turkiya sayyohlar uchun 3200 yil avval qurilgan g‘or uylarni ochadi

Iqtisodiyot 11:55 / 27.01.2017 8673

Turkiya hukumati mamlakat shimoli-g‘arbidagi Bolu provinsiyasining Seben tumanida joylashgan 3200 yoshli g‘or uylarni sayyohlar uchun ochishga qaror qildi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad hududda turizmni rivojlantirishdir.

Hukumat mahalliy organlari ilk bor 3200 yil avval frigiyaliklar tomonidan qurilgan g‘or uylarning targ‘ibotini o‘n yil avval boshlashgan. Biroq bu tuman hali ham ko‘plab sayyohlarni jalb etishga muhtoj. Bu haqida mahalliy nashrlar xabar berdi. 

Xabarlarga ko‘ra, to‘rt qavatli bino qo‘l o‘ymakorligi yordamida qurildi. 

Seben hokimiyati shuningdek, sayyohlarni jalb etish uchun landshaft dizayn va turar-joylar qurish ustida ham ish olib bormoqda. Mazkur loyiha g‘or uylarni qayta tiklashga ham qaratilgan.

Ko‘proq yangiliklar: