Johnson & Johnson Shveytsariya farmatsevtika kompaniyasini 30 mlrd dollarga xarid qiladi

Iqtisodiyot 17:38 / 26.01.2017 3784

Amerikaning biotexnologiya kompaniyasi Johnson & Johnson Shveytsariyaning Actelion Pharmaceuticals farmatsevtika kompaniyasini 30 mlrd dollarga xarid qilishga kelishib oldi. Bu haqda Johnson & Johnson xabarida so‘z yuritilgan. Mazkur bitim ikki kompaniya direktorlar kengashi tomonidan ma'qullangan. Bitimning moliyaviy ijrosi 2017 yil birinchi choragida yakunlanishiga umid qilinmoqda. Shunday qilib,  Johnson & Johnson Actelion kompaniyasining har bir aksiyasiga 280 dollardan to‘laydi. 

Bitim Actelion kompaniyasining kam uchraydigan kasalliklarni davolash sohasiga doir texnologiyalarini qo‘lga kiritish maqsadida amalga oshirilgan. Moliyaviy majburiyat amalga oshirilgach, Actelion ushbu sohada alohida R&D NewCo nomli yangi bo‘linmani tashkil etadi. Unda Johnson & Johnson 32 foizgacha yetkazish imkoniyatini saqlab qolgan holda 16 foiz hissaga ega bo‘ladi. 

1886 yilda asos solingan Johnson & Johnson kompaniyasi dunyodagi eng yirik kosmetika va sanitar-gigiyena mahsulotlari, tibbiy uskunalar ishlab chiqaruvchilardan biri hisoblanadi. U Fortune jurnalining eng yirik kompaniyalar reytingi – Fortune 500 ro‘yxatida 37-raqamda belgilangan. 

Ko‘proq yangiliklar: