AQShga Kubadan so‘nggi 50 yil ichidagi ilk qonuniy yuk sifatida pistako‘mir olib kelindi

Iqtisodiyot 11:34 / 25.01.2017 4566

AQShning Florida shtati Fort-Loderdeyl shahridagi Evergleyds portiga Kubadan so‘nggi 50 yil ichidagi birinchi qonuniy yuk ortilgan kema seshanba kuni kirib keldi. Bu haqda Associated Press agentligi xabar berdi.

Kema Kubada xususiy ishchilar birlashmasi tomonidan ishlab chiqilgan pistako‘mir ortilgan ikkita konteynerni olib keldi. Bu sobiq prezident Barak Obama davrida mamlakat moliya va savdo vazirliklari tomonidan berilgan bir qator yengilliklar tufayli yuz bergan.

Pistako‘mir esa AQShga ishbilarmon Skott Gilberning buyurtmasi bilan olib kelindi. Uning kompaniyasi Kubadagi ishlab chiqaruvchilardan 80 tonna ko‘mir xarid qilish niyatida ekanini ma'lum qilgandi. Yoqilg‘ining bu turi kuchli yonish bilan ajralib turadi, shuning uchun non pishirish pechlarida ko‘proq ishlatiladi. OAV xabariga ko‘ra, Gilbert har bir tonna uchun 420 AQSh dollari to‘lagan, bu esa bozor narxidan ancha ko‘p degani.
Obama Kuba bilan munosabatlarni yaxshilash haqida 2014 yilning dekabrida ma'lum qildi. O‘shandan beri mamlakatlar diplomatik aloqalarni tiklab, bir qator sohalardagi hamkorlikni kengaytirishdi. Biroq savdo embargosi faqatgina Amerika Kongressi tomonidan butkul bekor qilinishi mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: