Alibaba kompaniyasining so‘nggi 9 oydagi daromadi 2,1 martaga kamaydi

Iqtisodiyot 20:45 / 24.01.2017 3987

Xitoyning yirik Alibaba internet-kompaniyasining 2016-2017 moliya yilining 9 oyi yakuniga ko‘ra, sof daromadi yillik ko‘rsatkichda 2,1 martaga qisqargan va 4,519 milliard dollarni tashkil etgan. Bu haqda kompaniya matbuot bayonnomasida so‘z yuritilgan. 

Bitta oddiy aksiyaga to‘g‘ri kelgan foyda 2015-2016 yilning shu davridagi 3,98 dollar o‘rniga 1,85 dollarni tashkil etgan. Alibaba sof pul tushumi 17,240 milliard dollardan iborat bo‘lgan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,5 baravar ko‘p demakdir. 

Moliya yilining uchinchi choragida kompaniya sof daromadi yillik ko‘rsatkichda ifodalaganda 37,7 foizga o‘sgan va 2,471 milliard dollarni tashkil etgan. Hisobot davridagi pul tushumi 54,1 foizga ko‘tarilib, 7,669 milliard dollar bo‘lgan.

Elektron tijoratga ixtisoslashgan Alibaba kompaniyasiga 1999 yilda Jyek Ma asos solgan. 

Ko‘proq yangiliklar: