Samsung Vetnamdagi ishlab chiqarishga 2,5 milliard dollar mablag‘ kiritadi

Iqtisodiyot 12:06 / 23.01.2017 4014

Janubiy Koreyaning Samsung konserni Vetnamdagi o‘zining elektron qismlarni ishlab chiqarish sohasini kengaytirishga 2,5 milliard AQSh dollari investitsiya kiritadi. Gap smartfonlarga mo‘ljallangan sensorli suyoq kristalli ekranlarni ishlab chiqarish haqida ketmoqda. Ular Vetnam shimolida joylashgan Samsung korxonalarida ishlab chiqariladi. Bu haqda Dau tu gazetasi xabar berdi.

Nashr ma'lumotiga ko‘ra, Janubiy Koreya kompaniyasi rahbari va Vetnam hukumati o‘rtasida muzokaralarni yakunlash hamda rasmiy investitsion kelishuvni imzolash jarayoni 2017 yil birinchi choragining oxirida yakunlanishi kutilmoqda.

Vetnam Sotsialistik Respublikasi davlat statistika boshqarmasi ma'lumotiga ko‘ra, Samsung Vietnam kompaniyasining 2016 yildagi sotuvlari mamlakatga eksportdan tushumlarining 22,7 foizini taqdim etdi. Vetnam zavodlarida ishlab chiqarilgan Samsung mahsulotlarini tashqi bozorga yetkazib berish qiymati o‘tgan yilda 39,9 milliard dollarni tashkil etdi. Bu esa 2015 yil bilan taqqoslaganda 9,9 foizga ko‘proq.
Ma'lumot uchun, Samsung Vietnam mobil telefonlar, smartfonlar, planshetlar, suyuq kristalli televizor va monitorlar ishlab chiqaradi. Kompaniya mamlakatdagi 110 ming kishini ish bilan ta'minlaydi.

Ko‘proq yangiliklar: