Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Megafon» Mail.Ru Group nazorat paketini xarid qiladi

Foto: TASS
«Megafon» aksiyadorlari 740 mln dollar evaziga Mail.Ru Group qimmatli qog‘ozlarini xarid qilish rejasini tasdiqlashdi. Shu bilan mobil aloqa operatori 15,2 foiz aksiyadorlik sarmoyasi va kompaniyaning 63,8 foiz ovoziga ega bo‘ladi. Bu haqda telekommunikatsiya kompaniyasi xabarida so‘z yuritilgan.
Ovoz berish chog‘ida «Megafon»ning 25,17 foiz aksiyasiga egalik qiladigan Telia Company hamda 3,92 foiz g‘aznachilik aksiyalariga ega operatorning o‘zi ishtirok etgan. «Megafon»ning yirik aksiyadori Alisher Usmonov va hamkorlarining USM Group guruhi ushbu bitimdan manfaatdor bo‘lgani sababli ovoz berishda ishtirok etmagan.
«Megafon» Mail.Ru Group guruhining USM guruhiga kiruvchi — New Media and Technology Investment, New Media Technologies Capital Partners va Ardoe Finance’larga tegishli hissalarini xarid qilishni xohlamoqda. Operator shu maqsadda 640 mln dollar sarflashni rejalashtirgan. Bitim amalga oshirilgandan so‘ng bir yil o‘tgach, yana 100 mln dollar beriladi.
Mazkur kelishuvni amalga oshirish uchun uni Rossiya Federal monopoliyaga qarshi kurash xizmati tasdiqlashi kerak bo‘ladi. Ma'muriyat rahbari Igor Artemevga ko‘ra, u bitimga to‘sqinlik qiladigan jihatlarni ko‘rmayapti.
Mail.Ru Group va «Megafon» allaqachon birgalikda mahsulotlar ishlab chiqarish borasida kelishib olgan. Masalan, Yota virtual operatori negizida «VKontakte» ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchilari uchun VK Mobile loyihasi ishga tushiriladi.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Bir yarim yilda 28 ta topshirish punkti ochildi”: Uzum Market tarmog‘i tez o‘sish davrini boshdan kechirmoqda
O‘zbekiston | 17:00
-
Rossiyaning yagona aviatashuvchi kemasi utilizatsiya qilinishi mumkin
Jahon | 16:42
-
“Og‘ziga choyshab tiqdim” – Toshkentda 2 yoshli bolani qiynab, o‘limiga sabab bo‘lgan tarbiyachi qamaldi
O‘zbekiston | 16:40
-
Hafta oxirida harorat biroz ko‘tarilishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 16:38
Mavzuga oid

21:09 / 12.04.2023
AQSh va Britaniya Usmonovning kompaniyalariga sanksiya qo‘lladi

17:02 / 11.02.2021
2023 yildan uyali aloqa xizmatlari uchun aksiz solig‘i bekor qilinadi

14:00 / 17.09.2019
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Ucell sotilganini rad etdi

12:38 / 22.10.2018