Xitoyga 2016 yilda eng ko‘p neft eksport qilgan mamlakat ma'lum bo‘ldi

Iqtisodiyot 15:45 / 23.01.2017 12980

Rossiya Xitoyning o‘tgan yildagi eng yirik neft eksportchisi bo‘ldi. Bu haqda Reuters Xitoy bojxona bosh boshqarmasiga asosan xabar berdi.
«Rossiyadan Xitoyga neft yetkazib berish hajmi 2016 yilda 25 foizga oshib, sutkasiga 1,05 million barrelni tashkil etdi», - deyiladi xabarda.
Agentlikda ta'kidlanishicha, Xitoyga neft eksport qilish bo‘yicha ikkinchi o‘rin Saudiya Arabistoniga tegishli. Bu mamlakatdan Xitoyga eksport hajmi sutkasiga 1,02 million barrelni tashkil qildi.

Ko‘proq yangiliklar: