Isroil bosh vaziri Tramp bilan nimalar haqida suhbatlashishini ma'lum qildi

Jahon 19:07 / 22.01.2017 11408

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu AQShning yangi prezidenti Donald Tramp bilan suhbati chog‘ida Suriya, Eron va falastinliklar haqida suhbatlashishini ma'lum qildi. Netanyaxu Tramp bilan 22 yanvarda qo‘ng‘iroqlashmoqchi. 

Netanyaxu tomonidan e'lon qilingan muloqot Tramp inauguratsiyasidan keyin ikki yetakchining birinchi o‘zaro suhbati bo‘ladi.

"Bugun kechki payt men va prezident Tramp o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘ladi. Bizning oldimizda Isroil-Falastin muammosi, Suriyadagi vaziyat, Eron solayotgan tahdid kabi masalalar bo‘ladi", deb aytdi bosh vazir. 

Netanyaxu AQShning endilikda sobiq prezidenti Barak Obama tashqi siyosatda erishgan sezilarli muvaffaqiyatlardan biri hisoblanuvchi Eron yadroviy dasturi bo‘yicha kelishuvning dunyodagi bosh tanqidchisi sifatida ma'lumdir. Netanyaxuning ta'kidlashicha, bu kelishuv nafaqat Eronning yadro davlati sifatidagi maqomini qonuniylashtirdi, balki sanksiyalar bekor qilinishi evaziga butun Yaqin Sharq bo‘ylab tarafdorlari, jumladan Livan, Suriya va Yamandagi harbiylashtirilgan guruhlarni qo‘llab-quvvatlashni kengaytirishiga imkon berdi.  

Isroil yetakchilari Tramp yahudiy davlati manfaatlarini Obamaga nisbatan ancha ko‘proq qo‘llab-quvvatlashiga umid qilmoqdalar. Obama va Netanyaxu o‘rtasida falastinliklar bilan muammoni hal qilishdagi yondashuvlar, Eron atomi muammosi va ikkala davlatda saylovlar vaqtida saylovchilarga ta'sir ko‘rsatishga urinishlar borasida o‘zaro shubhalar sababli havas qilsa arzigudek munosabatlar o‘rnatilmagandi.

Ko‘proq yangiliklar: