Politico: 62 nafar demokrat Trampning inauguratsiyasiga kelmaydi

AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Trampning inauguratsiya marosimini boykot qilishga qaror qilgan Demokratik partiya vakillari soni o‘sishda davom etmoqda. Bu haqida Politico nashri xabar berdi.
Ta'kidlanishicha, noroziliklar to‘lqini Trampning taniqli fuqarolik huquqlar himoyachisi, kongressmen Jon Lyuisni tanqid qilganidan keyin boshlangan.
Manbada ma'lum qilinishicha, marosimga atigi bir kun qolganda 62 nafar demokrat Vashingtondagi inauguratsiyada qatnashishdan voz kechgan. Arizona, Kaliforniya, Florida, Jorjiya, Illinoys, Kentukki, Men, Merilend, Massachusets, Michigan, Minnesota, Missisipi, Missuri, Nyu-Hempshir, Nyu-Jyersi, Nyu-York, Shimoliy Karolina, Ohayo, Oregon, Pensilvaniya, Tennessi, Texas, Virjiniya, Vashington va Viskonsin shtatlari senatorlari shular jumlasidandir.
Mavzuga oid

18:39 / 17.02.2025
Ilon Maskning DOGE rahbari lavozimidagi faoliyati sabab Tesla’ga qarshi boykot boshlandi

14:57 / 12.03.2024
Demokratlar yoki respublikachilar – AQShda qaysi partiya vakili eng ko‘p prezident bo‘lgan?

19:38 / 13.05.2023
Respublikachilar Baydenning aqliy qobiliyatini sinovdan o‘tkazishni talab qilishdi

20:17 / 01.03.2023