Xitoy YaIM o‘sish sur'ati 2016 yilda 26 yil davomidagi eng yomon natijani qayd etdi

Iqtisodiyot 09:38 / 20.01.2017 5225

Xitoy yalpi ichki mahsuloti o‘sish sur'ati 2016 yilda 6,7 foizga yetdi. 2015 yilda bu ko‘rsatkich 6,9 foizni tashkil etgan, deb xabar berdi RIA «Novosti» mamlakat statistika byurosiga asosan.

«Taxminiy ma'lumotlarga ko‘ra, Xitoy YaIM 2016 yilda 74,41 trillion yuan (deyarli 10,84 trillion AQSh dollari)ni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilga qaraganda 6,7 foizga ko‘proq. Xususan, yilning birinchi choragida YaIM o‘sishi – 6,7 foiz, ikkinchi chorakda – 6,7, uchinchi – 6,7 va to‘rtinchi chorakda – 6,8 foizga teng bo‘ldi», - deyiladi Xitoy davlat statistika byurosi materiallarida.

Bu 26 yil davomidagi eng past ko‘rsatkich bo‘lishiga qaramay, u hukumatning rasmiy bashoratini tasdiqladi.

Ko‘proq yangiliklar: