Rossiya va Tojikiston hukumatlari aviaparvozlarga doir muzokaralar o‘tkazadi

Iqtisodiyot 08:26 / 19.01.2017 4389

Rossiya va Tojikiston aviaboshqarmalarining ikki mamlakat o‘rtasidagi aviaqatnovlarni normallashtirish bo‘yicha muzokaralari 26 yanvarda bo‘lib o‘tadi. Bu haqda TASS agentligi Rossiya transport vazirligi matbuot xizmatiga asoslangan holda xabar qilgan

"Rossiya va Tojikiston aviaboshqarmalarining muzokaralari 26 yanvarga rejalashtirilgan", - deb xabar qilgan vazirlik matbuot xizmati.
 
Avvalroq, Rossiya transport vaziri Maksim Sokolov jurnalistlarga ma'lum qilganidek, Rossiyaning Tojikiston aviakompaniyalariga nisbatan RFga parvozlari yuzasidan qo‘shimcha taqiqlar yoki boshqa turdagi cheklash choralari ko‘rish rejasi yo‘qligini aytgan edi.  

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning dekabr oyi oxirlarida Rossiya tomoni Tojikistonning xususiy aviakompaniyasiga, RFning qator shaharlariga aviaqatnovlarni amalga oshirishni taqiqlagan edi. 

Ko‘proq yangiliklar: