Petrobras 4 mlrd dollarlik obligatsiyalar chiqarishni yakunladi

Iqtisodiyot 16:01 / 18.01.2017 4543

Braziliyaning Petrobras energetika kompaniyasi 4 mlrd dollarlik 5 va 10 yilga mo‘ljallangan obligatsiyalarni savdoga chiqarish jarayonini yakunladi. Bu haqda kompaniya bayonotiga tayangan holda RNS xabar qilmoqda. 

Ma'lum bo‘lishicha, kompaniya ushbu mablag‘lardan aksiyalarni xarid qilish va qarzdorlik yukini qisqartirishda foydalanishni rejalashtirgan. 

Xabarlarga ko‘ra, qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan talab taklifdan yuqori bo‘lgan. 

2027 yilda to‘lash sharti bilan chiqarilgan obligatsiyalarga 7,735 foiz, 2022 yilda to‘lash majburiyati bilan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarga 6,125 foiz daromad to‘lash va'da qilingan. 

Ko‘proq yangiliklar: