Joriy yilda Oyga birinchi xususiy parvoz amalga oshirilishi mumkin

Fan-texnika 11:18 / 17.01.2017 5886

Yerning tabiiy yo‘ldoshida qachonlardir foydali qazilmalar qazib olish bilan shug‘ullanishni rejalashtirayotgan Kaliforniyaning Moon Express kompaniyasi Oyga ilk sayohatni amalga oshirish dasturini to‘liq moliyalash imkonini qo‘lga kiritdi. Rejaga muvofiq, parvozlar 2017 yilda amalga oshirilishi mumkin. Kompaniya moliyalashning so‘nggi bosqichida 20 million dollar miqdorida yirik mablag‘ga ega bo‘lgan. Endilikda, loyiha uchun to‘plangan mablag‘larning umumiy miqdori 45 million dollardan ortiqni tashkil etgan. 

Bu pullarning hammasi Moon Express MX-1E qo‘nish modulini uchirishga sarflanadi. U Oy yuzasini tadqiq qilish va hujjatlashtirish vazifasini bajarishi kerak. Uskuna «Electron» tajriba raketa tashuvchisi bilan birga fazoga ko‘tariladi.

Moon Express vakilining so‘zlariga ko‘ra, kompaniya shu maqsadi uchun zarur bo‘lgan sarmoyani Founders Fund va Collaborative Fund investitsiya firmalari hamda dasturiy ta'minot ishlab chiqaruvchi Autodesk va boshqa xususiy investorlar yordamida to‘plagan. 

Rocket Lab kompaniyasi ishlab chiqqan «Electron» raketa tashuvchisi

Ko‘proq yangiliklar: