Venesuelada yangi qog‘oz pullar muomalaga chiqarildi

Iqtisodiyot 11:36 / 17.01.2017 3982

Venesuela hukumati 500-20 ming bolivar qiymatga ega uchta yangi banknotani muomalaga kiritdi. Bu haqda «Bi-bi-si» xabar bermoqda.

Aniqlik kiritilishicha, hukumat bunday qarorga 2017 yilda pulning qadrsizlanish darajasi 1600 foizni tashkil etishi mumkinligi tufayli kelgan.

«Bi-bi-si» ma'lumotiga ko‘ra, qora bozorda 20 ming bolivar qiymatga ega yangi kupyurani 6 AQSh dollariga ayirboshlash mumkin.

Avvalroq, mamlakat prezidenti Nikolas Maduro 100 bolivar qiymatdagi kupyuraning muomalada bo‘lish muddatini uzaytirgani xabar qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: