GM AQShga 1 milliard dollar investitsiya kiritadi

Iqtisodiyot 12:23 / 17.01.2017 6851

General Motors yaqin vaqt ichida AQSh hududida ishlovchi korxonalarini kengaytirishga 1 milliard dollar investitsiya kiritib, qo‘shimcha mingta yangi ish o‘rni yaratishi haqida ma'lum qiladi. Bu haqda Bloomberg o‘z nomini oshkor etishni istamagan manbaga asosan xabar berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, korporatsiya tomonidan bunday qaror Donald Tramp tomonidan bosim o‘tkazilgach, qabul qilingan.

Investitsiyalar ishlab chiqarishni yanada kengaytirishga tegishli bo‘lib, ular yangi avtomobillar ishlab chiqarish uchun qayta jihozlash bo‘yicha rejaning bir qismiga aylanadi.

Avvalroq GM Trampning Chevrolet Cruze ishlab chiqarishni Meksikadan AQShga ko‘chirish haqidagi buyrug‘ini bajarishdan bosh tortgandi.

Tramp 15 yanvar kuni Meksikada ishlab chiqarilgan hamda AQShga olib kiriladigan avtomobillarga 35 foiz soliq kiritishga va'da berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, istalgan kompaniya uchun zavodini Qo‘shma Shtatlar hududida qurish ancha foydali ish bo‘lar ekan.

Ko‘proq yangiliklar: