GM kompaniyasi 2017 yilda 20 ga yaqin yangi avtomobilini taqdim etadi

Iqtisodiyot 17:43 / 17.01.2017 21980

AQShning General Motors kompaniyasi 2017 yilda 20 ga yaqin yangi avtomobilini taqdim etishni rejalashtirgan. Biroq, qayd etish kerak, bu saxiylikdan barcha birdek xursand bo‘lishiga asos yo‘q. Gap shundaki, 18 ta yangi model maxsus Xitoy bozori uchun mo‘ljallangan. 2016 yil yakuniga ko‘ra, bu mamlakatda General Motors kompaniyasiga tegishli brendlar ostida ishlab chiqilgan 3,87 mln dona avtomobil sotilgan.

Kompaniya matbuot xizmatida ma'lum qilishicha, kutilayotgan 18 ta yangi modelning teng yarmi krossoverlar va ixcham minivenlardir. Sotish yoki debyut uchun tayyorlanayotgan modellar Buick, Chevrolet, Cadillac, Baojun va Wuling brendlariga tegishli.

Suratda: Chevrolet Malibu XL Hybrid

Ularning bir qismi qaysi modellar ekani hozirdanoq ma'lum, bular: gibrid modifikatsiyadagi Buick LaCrosse, Chevrolet Malibu XL va Cadillac CT6.

Suratda: Buick LaCrosse HEV

Bundan tashqari, General Motors Xitoyda yangi ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etish bilan bu mamlakatdagi o‘rnini mustahkamlash niyatida ekanini ma'lum qilgan. Bu yil Uxandagi SAIC-GM qo‘shma korxonasida gibrid va elektromobillar uchun akkumulyatorlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.
 
Shanxayda esa Panosiyo avtomobil tadqiqotlari va ishlab chiqarish markazi ish boshlaydi. Unda dizayn-studiya va aerodinamik quvur ham mujassamlashadi. 

Suratda: Baojun 510 SUV. Bu krossover joriy yil mobaynida sotuvda paydo bo‘ladi

2016 yil GM kompaniyasi Xitoyda rekord miqdorda avtomobillarini sotgan. Eng mashhur modellar sifatida esa Buick, Baojun va Cadillac qayd etilgan. Kontsernning Xitoydagi sho‘'ba korxonasi vitse-prezidenti Met Tsenning so‘zlariga ko‘ra, 2017 yil yangi xizmat va modellar taklif qilinishi sababli yanada omadli bo‘lishi kutilayapti. 

Ko‘proq yangiliklar: