Kamchatkada tez tibbiy yordam mashinasi yo‘lini to‘sib qo‘ygan haydovchi qamalishi talab qilinmoqda

Shange.org saytida Rossiyaning Kamchatka o‘lkasida jon berish arafasidagi bemorga yordamga shoshiltgan tez tibbiy yordam mashinasini o‘tkazmagan haydovchini jinoiy javobgarlikka tortish talab qilingan ariza e'lon qilindi. Unga shu paytga qadar 16 mingdan ortiq foydalanuvchi imzo chekkan.
«Ushbu holat bo‘yicha jamoatchilikda juda katta norozilik kelib chiqqanini inobatga olib, yo‘lni to‘sib qo‘yish uchun belgilangan 500 rubllik jarimadan tashqari ayol haydovchi, shuningdek, uning yo‘lovchisi jinoyatga sherik bo‘lgan shaxs sifatida haqiqiy jazoga tortilishini talab qilamiz», - deyilgan arizada.
Murojaat muallifining ta'kidlashicha, kelajakda bunday huquqbuzarliklar uchun belgilangan jazoni kuchaytirish lozim.
Avvalroq, Kamchatka gubernatori Vladimir Ilyuxin ham tezkor xizmat xodimlari ishiga xalaqit berganlik uchun jazoni kuchaytirish lozimligi haqida aytib o‘tgandi.
Ro‘y bergan hodisa yuzasidan Rossiya JKning tegishli moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Voqea Petropavlovsk-Kamchatskiy shahrida 10 yanvar kuni ro‘y bergan bo‘lib, maxsus signallari yoqilgan tez tibbiy yordam mashinasi 21 yoshli erkakning chaqiruviga ko‘ra ketayotgan bo‘lgan, biroq uning yo‘lini ayol haydovchi boshqarayotgan avtomobil to‘sib qo‘ydi. Natijada bemor oldiga 3 daqiqa o‘rniga 13 daqiqada yetib borgan tibbiy yordam brigadasi bemorning o‘limini qayd etgan.

Tavsiya etamiz
Tramp bilan urushib qolgan Mask yangi partiya tuzmoqda
Jahon | 15:19 / 06.07.2025
Olti muloqot, natija nol. Ukraina yolg‘iz qoladimi?
Jahon | 13:10 / 06.07.2025
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi
Jahon | 23:34 / 04.07.2025
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Stradivarining Ikkinchi jahon urushi vaqtida o‘g‘irlangan skripkasi Tokiodan topildi
Jahon | 01:59
-
Toshkentda 19 yoshli qiz harakatdagi Nexiaʼdan sakrab tushib qoldi
Jamiyat | 23:41 / 07.07.2025
-
Tramp 1 avgustdan Janubiy Koreya va Yaponiya tovarlariga 25 foizli bojlar joriy etilishini e’lon qildi
Jahon | 23:21 / 07.07.2025
-
Toshkentda bog‘da odamlardan pul yig‘ib kelgan yigitlar ushlandi, O‘zbekiston BRIKSning hamkor davlatiga aylandi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:14 / 07.07.2025
Mavzuga oid

23:05 / 13.02.2025
Daniyada Kaliforniyani sotib olish to‘g‘risidagi petitsiya 200 mingdan ziyod imzo to‘pladi

18:50 / 18.10.2024
Kamchatkada migrantlarni ishga olish taqiqlangan yo‘nalishlar ko‘paytirildi

17:23 / 15.10.2024
Ikki oydan beri dengizda suzib yurgan erkak Kamchatka qirg‘oqlarida qutqarib olindi. Uning hamrohlari halok bo‘lgan

20:00 / 01.09.2024