Shamol turbinalarini tashish uchun ulkan kema yaratildi

Fan-texnika 20:00 / 08.01.2017 9754

Siemens AG konsernining Daniyadagi bo‘limi, shamol elektr stansiyalari ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi Siemens Wind Power A/S shamol turbinalari va ularning qismlarini tashish uchun yangi transport kemasi oldi. Bu kema juda hayratlanarli o‘lchamlarga ega!

Ikki yil avval Siemens Wind Power yuklarni tashishda gorizontal holatda yuklash va tushirish tizimiga ega yangi transport yuk kemalarini sotib olishga qaror qilgandi. Bunday kema yaqinda ish jarayonida namoyish qilindi.

Kema Rotra Vente deb atalib, uning uzunligi 141 metrni tashkil qiladi va bir tashishda 8 MVt quvvatga ega bir nechta shamol turbinalarining ulkan gondolalarini tashishga qodir. Bu turbinalardan har biri juda katta o‘lchamlarga ega. Misol uchun, Siemens Wind Power shamol generatorining SWT–7.0–154 modeli yig‘ilgan holatda 200 metr balandlikka ega. Generatorning o‘zi 220 tonna keladi. Qisqacha aytganda, kemada juda katta va og‘ir konstruksiyalarni tashishga to‘g‘ri keladi.

Kemani Deugro Denmark kompaniyasi qurgan. Kompaniya kemani yasashda konteyner tashuvchi kemani asos qilib olgan. 

Ayni vaqtda yana bitta shunday kemani yaratish ustida ishlar jadal ketmoqda. Bu kema shamol turbinalarining minoralari va parraklarini tashish uchun mo‘ljallangan. Yangi kema bir vaqtning o‘zida uzunligi 80 metrga yetadigan 12 tagacha parrakni o‘zida sig‘dira oladi.

 

Ko‘proq yangiliklar: