Hyundai avtomobilni uy bilan uyg‘unlashtirishning uddasidan chiqdi

Fan-texnika 16:41 / 06.01.2017 9680

AQShning Nevada shtati Las-Vegas shahrida bo‘lib o‘tayotgan CES-2017 iste'mol elektronikasiga bag‘ishlangan ko‘rgazmada Hyundai kompaniyasi ham o‘zining innovatsion yechimlari bilan ishtirok etmoqda. U ko‘rgazmada muqobil avtomobilning «aqlli» uy bilan uyg‘unlashgan kontseptini namoyish qildi. Ishlab chiqaruvchilar fikricha, kelajakda muqobil avtomobillar saloni bu kabi uylarning bir qismiga aylanadi. Mashinaning multimedia majmuasi esa uy to‘plami sifatida qo‘llaniladi. 

Mobile Vision loyihasi doirasida tayyorlangan kontsept avtomobilning uyga uyg‘unlashishi uchun maxsus joy bo‘lishini talab qiladi. Bunda, avtomobil saloni uyga qo‘shiladi xolos, kuzovi tashqarida qoladi. 

Mashina «aqlli» uyga ulangach, elektr energiyasi bilan ta'minlash uchun generator yoxud havoni sovutgich vazifasini ham bajarishi mumkin. Biror joyga borishga to‘g‘ri kelganda, shunchaki xonadan avtomobil saloniga o‘tish kifoya. 

Mobile Vision loyihasi doirasida namoyish etilgan yana bir kontsept bu elektrli Ioniq Scooter bo‘ldi. Hyundai kompaniyasiga ko‘ra, u Ioniq ekomodelining old eshigidagi maxsus o‘ringa joylanadi. U ish joyi va avtomobillar to‘xtash joyi orasida harakatlanishda qo‘l keladi. 

Biroq, yengil va qo‘l sumkasi hajmigacha taxlanadigan skuter keng miqyosda ishlab chiqarilishiga oydinlik kiritilmagan. 

Ko‘proq yangiliklar: