NASA astronavti Janett Epps Xalqaro kosmik stansiyasining 2018 yil mayidagi ekipaji tarkibida ilk afroamerikalik bo‘ladi. Bu haqda Amerika fazo agentligiga asoslangan holda RIA Novosti xabar qilmoqda.
"Epps fazo stansiyasining 2018 yil mayidagi ekipaj a'zolari orasida afroamerikaliklarning ilk vakili bo‘ladi", — deyiladi NASA xabarida.
U bort muhandisi sifatida Xalqaro kosmik stansiyaning 56/57-ekipaji tarkibiga kiradi. Bu paytga kelib 48 yoshga kiruvchi Epps uchun bu birinchi fazoviy parvoz bo‘ladi.
Ammo, Eppsgacha, 2018 yil martida NASA astronavti Endryu Fyustel orbitaga parvoz qiladi. U dastlab stansiyaning 55-ekipaji tarkibida bort muhandis bo‘lsa, keyinchalik, XKSning 56-ekipajiga rahbarlik qiladi. Shu paytgacha, Endryu ikki marta fazoga parvoz qilgan bo‘lsa-da, ular qisqa muddatli bo‘lgan.