Restavratsiya qilingan Lamborghini poyga yo‘lagiga chiqarildi

Fan-texnika 18:39 / 04.01.2017 6258

Lamborghini kompaniyasi 1971 yilda ishlab chiqilgan va restavratsiya qilingan Miura SV kupesining poyga trassasida harakatlangani aks etgan videolavhani namoyish etdi. Rolik ishlab chiqaruvchining YouTube sahifasiga joylashtirilgan.

Miura SV kupesini qayta tiklash ishlari bilan kompaniyaning Lamborghini Polo Storico bo‘limi shug‘ullangan. Bu bo‘linma Italiya kompaniyasining eski modellarini restavratsiya qilish va ularga xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanadi. Mutaxassislar avtomobilni tiklash jarayonida uning motorini to‘liq qayta tiklashdi. Bunda ayrim detallarni qo‘lda tayyorlashga to‘g‘ri kelgan. 

Ushbu ikki eshikli avtomobil 1971 yilda Jyeneva avtosalonida namoyish etilgan bo‘lib, 3,9 litrli benzinda ishlaydigan V12 dvigatel quvvati 385 ot kuchiga ega. Mashina besh bosqichli mexanik uzatmalar qutisi ko‘magida harakatlanadi. 

Ko‘proq yangiliklar: