Bentley kompaniyasi o‘z tarixidagi eng ekstremal modelini taqdim etishni rejalashtirmoqda. Avtomobil 6 yanvarda namoyish etiladi. Bu haqda, kompaniya tomonidan ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirilgan tizerida so‘z yuritilgan.
Ehtimol, Bentley kompaniyasi 6 litr hajmli, 642 ot kuchiga ega W12 juft turbo dvigatel bilan jihozlangan Continental GT Speed modelining «kuchaytirilgan» namunasini taqdim etishi mumkin. Bu avtomobil 4,1 soniyada «yuz»ga chiqa oladi. Uning eng yuqori tezligi soatiga 332 kmni tashkil etadi.
Hozirda, aynan Speed namunasi eng kuchli va eng tez Bentley hisoblanadi. Bungacha, Supersports kompaniyaning ushbu yo‘nalishdagi eng yaxshi mashinasi hisoblanar edi. Bundan tashqari, cheklangan miqdorda ishlab chiqilgan to‘rt litrli juft turbo «V8» motorli 580 ot kuchiga ega GT3-R kupesi ham eng kuchlisi edi. Bu avtomobil 3,8 soniyada «yuz»ga chiqishi mumkin.
Umuman, Continental GT3-R modelidan 300 nusxa ishlab chiqarilgan bo‘lib, ularning har biri oq rangga bo‘yalgan edi.