Mercedes-Benz kompaniyasi yangilangan GLA krossoverining ilk suratini namoyish etdi. U Detroytdagi avtosalonda 9 yanvar kuni taqdim etiladi.
Yo‘ltanlamasda radiator panjarasi, faralar va oldingi bamper o‘zgaradi. Boshqa yangilanishlar haqida ma'lumotlar berilmagan.
GLA krossoverining avvalgi nusxasi MDHdagi ba'zi bir davlatlarda uchta to‘rt tsilindirli turbomotorlarga ega bo‘lgan holda taklif etilmoqda.
Mercedes-Benz kompaniyasi 2016 yilning yozida yangi modellarni ishlab chiqarish bo‘yicha rejaga oid hujjatni taqdim etgandi. Unda 2017 yilda S-sinfidagi sedan, Ye-sinfidagi kabriolet, shuningdek GLA’ning yangilangan nusxalari namoyish etilishi ko‘rsatilgan.