General Motors kompaniyasida AQShning yangi prezidenti Donald Tramp tomonidan kompaniyaga bildirilgan ayblovga javob berildi. Tramp kompaniyani Meksikada yig‘iladigan Chevrolet Cruze mashinasini amerikalik avtodilerlarga boj to‘lamagan holda sotayotganlikda ayblagandi.
"AQShda sotiladigan barcha Chevrolet Cruze kompaniyaga tegishli Lordstaundagi (Ogavy shtati) zavodda yig‘iladi", deb aytildi javob matnida.
Kompaniyada Meksikada ishlab chiqariladigan modellar xalqaro bozorlarga mo‘ljallangani aytib o‘tildi.