AQShda er-xotin Apple kompaniyasini sudga berdi. Bu haqda ABC telekanali xabar bermoqda.
Uning ma'lumotlariga ko‘ra, bunga 2014 yilgi Rojdestvo arafasida ro‘y bergan YTH sabab bo‘lgan. Er-xotin Jyeyms va Betani Modisett, shuningdek ularning ikki nafar qizi bo‘lgan mashinaga 20 yoshli Garrett Uilxelm boshqaruvidagi avtomobil kelib urilgan. Natijada er-xotinning besh yoshli Moriya ismli qizlari kasalxonada olingan jarohatlar oqibatida vafot etdi.
Politsiyaning aniqlashicha, Uilxelm to‘qnashuv yuz bergan paytda iPhone’ida o‘rnatilgan FaceTime videoaloqa ilovasidan foydalangan bo‘lgan.
Modisettlar Apple’ni o‘z mahsulotlaridan foydalanayotganlarning xavfsizligi haqida qayg‘urmaganlikda aybladi. Sababi u FaceTime’ni yuqori tezlikda harakatlanganda “to‘sib qo‘yish”ni nazarda tutmagan. Er-xotinning ta'kidlashicha, ushbu ilovani ishlatish halokatga va qizlarining o‘limiga sabab bo‘lgan. Ular korporatsiyadan tovon puli talab qilishmoqda.