2017 yilda kutilayotgan 11 texnologiya trendi

Fan-texnika 17:30 / 03.01.2017 16712

2017 yil innovatsiyalarga boy bo‘lishiga shubha yo‘q, ularning ba'zilari hayotingizni o‘zgartirib yuboradi, boshqalari esa o‘zingiz sezmagan holda hayotning bir qismiga aylanadi. Mashable nashri 2017 yilning eng asosiy texnotrendlariga doir ma'lumot bilan bo‘lishdi. 

Virtual reallik

Foto: Insider.Pro

2016 yilda virtual reallik texnologiyalari oldinga jadal qadam tashladi, biroq ular bizning hayotimizga inqilobiy o‘zgarishlarni olib kirmadi. Bu mavzu 2017 yilda ham dolzarbligicha qolib, ular qiziqarli texnik yangilikdan hayotning turli jabhalariga tatbiq etiluvchi amaliy qarorlar yechimiga aylana boshlaydi. 

2017 yilda yangi qurilmalar u qadar ko‘p ishlab chiqarilmasligi mumkin, lekin VR integratsiya loyihalari ko‘p bo‘lishi kutilmoqda. Bundan tashqari, 2017 yilda inson va virtual reallikning o‘zaro aloqasi yo‘lga qo‘yiladi. Shuningdek iste'molchi kontentining (o‘yinlar, to‘liq metrajli filmlar, tv-shoular va konsertlar) keskin o‘sishini ham taxmin qilish mumkin. 

To‘ldirilgan reallik

Foto: Insider.Pro

VR endi qanot qoqquncha to‘ldirilgan reallik 2017 yilning haqiqiy yulduziga aylanadi. Yaqinda Microsoft'ga tegishli Windows Holographic platformasida boshqa ishlab chiqaruvchilarning bir qator qurilmalari namoyish etildi. Bundan tashqari, 2017 yilda Apple, nihoyat, boyitilgan reallik (virtual emas) bilan shug‘ullanadi. 

To‘ldirilgan reallik hayotimizga ilgariroq kirib keladi, chunki u telefonlarda ishlaydi, buning uchun qo‘shimcha ko‘zoynaklar xarid qilishga to‘g‘ri kelmaydi. Birinchi tajribaga ega bo‘lgan iste'molchi maxsus garniturlarga intila boshlaydi - vaqt esa biznesda yangi, qiziq kontentning paydo bo‘lishini ta'minlaydi. 

Birinchi navbatda bu, albatta, o‘yinlar va o‘yinchoqlar seriyasi (Star Wars o‘yinchoqlari bu yo‘nalishda katta qadam tashlashga ulgurdi), shuningdek ularni biznesda, xususan, chakana savdoda qo‘llash. Ehtimol, sirli Magic Leap startapi ham biror yangilik yaratar. 

Yangi ekranlar

Foto: Insider.Pro

Yuqorida nomlari qayd etilgan vizual yangiliklardan yangi smartfonlarning 4K-ekra¬nlari orqali bahramand bo‘lish mumkin. Bugun televizion ekranlar bilan hech kimni ajablantirib bo‘lmasa kerak - 3D va botiq sath u qadar mashhur bo‘lmadi - displeylar ishlab chiqaruvchilari doim biz bilan bo‘lgan ekranlarga diqqatni qaratishga qaror qilishdi.

Smartfonlar OLED-ekra¬nlar tufayli yanada yupqalashadi va batareyada uzoqroq ishlaydi. UHD-ekranlar 2015 yildayoq paydo bo‘lgan, lekin negadir to‘xtab qolgan. 2017 yilda hammasi o‘zgarishi kutilmoqda. Gap faqat telefon ekranida Full HD'ni UHD'dan farqlay olish yo olmasligmizda. 

So‘nggi vaqtlarda botiq ekranlar haqida ko‘p gapirilmoqda, lekin yaqin yillarda bunday telefonlarning chiqarilishi dargumon - afsuski, ishlab chiqaruvchilar hozircha bu texnologiyani iste'molchiga qulay qilib qo‘llash haqida o‘ylab ko‘rishmadi. Yaqin kelajakda "yupqa" telefonlar "moslashuvchan"laridan muhimroq ahamiyatga ega bo‘ladi. 

Sun'iy intellekt 

Foto: Insider.Pro

Albatta, sun'iy intellekt — juda qiziq. 2016 yilda mashina ta'limi populyarizatsiyasi va bu texnologiyalarni raqamli yordamchilarda qo‘llay boshlandi.

2017 yilda sun'iy intellektli (SI) qurilmalar bozoridagi raqobat keskinlashadi: Microsoft o‘zining Cortana qurilmasini namoyish qiladi, Apple ham o‘z Siri'si uchun jismoniy shaklni topadi. 

Shuni ta'kidlash kerakki, muhokama qilinayotgan barcha texnologiyalar orasida kundalik hayotimizda eng ko‘p tatbiq etiladigani sun'iy intellekt bo‘ladi - u joriy qilingan servis va ilovalar soni kun sayin oshib boradi. 

Bundan tashqari, sun'iy intellekt yanada aqlliroq bo‘lib boradi. 

Inson tanasi imkoniyatlarini kengaytirish

Foto: Insider.Pro

O‘tgan yili jonivorlarni imitatsiya qiluvchi robotlar sohasida muayyan yutuqlarga erishilganini ta'kidlash mumkin edi - Pepper, Asimo va Boston Robotics kompaniyalarini yodga olish kifoya - biroq bizning uylarimizda bularning bari hali beri paydo bo‘lmaydi. 

Shunga qaramay, 2017 yilda sezilarli siljishlar ro‘y beradi: birinchi navbatda, yangi avlod ekzoskeletlari va robotlashtirilgan protezlari sohasida. Ular turish yoki yurishga qiynaluvchi kishilarga yordam berishga mo‘ljallangan. Umuman olganda, Temir odam asta-sekinlik bilan reallikka aylanib bormoqda. 

Akkumulyatorlar

Foto: Insider.Pro

2016 yil akkumulyatorlar ishlab chiqarishdagi kichik ehtiyotsizlik juda qimmatga tushishini ko‘rsatib berdi. Shu bois 2017 yilda biznes batareya sig‘imi va xavfsizligi ustida ish olib borishni davom ettiradi. Ehtimol, bozorda litiy-metall texnologiyaning ilk namunalari paydo bo‘lar. 

Xavfsizlik, konfidetsiallik va biometriya

Foto: Insider.Pro

2016 yilda shaxsiy ma'lumotlarni buzib kirish va o‘g‘irlash holatlari ko‘p bo‘ldi. Aftidan, xavfsizlikni ta'minlash uchun shunchaki murakkab parolning o‘zi yetarli emas ko‘rinadi. 

2017 yilda biz barmoqlar, yuz, ko‘zlar, yurak urishi va hatto xatti-harakat modellaridan shaxsni tasdiqlash usuli sifatida foydalana boshlaymiz. 2018 yilda esa biometriya o‘rniga parolni qo‘llash g‘alati ko‘rinadigan bo‘ladi.

Yangi avlod transporti

Foto: Insider.Pro

Haydovchisiz avtomobillar asta-sekinlik bilan kundalik hayotimizga kirib kelmoqda. 2017 yilda avtonom transport vositalarining yangi turlari (minvenlar, avtobuslar va b.) paydo bo‘ladi.

Bundan tashqari, 2017 yilda Ilon Maskning yana bir orzusi ro‘yobini ko‘ramiz: Hyperloop One transport tizimining to‘liq sinovini yo‘lga qo‘ymoqchi. 

Katta ma'lumotlar va hujjatlar

Foto: Insider.Pro

Ma'lumotlar — asosiy texnologik valyuta bo‘lib, 2017 yilda ularni to‘plash va qo‘llash usullari muhim rol o‘ynaydi. Bugungi kunda turli hujjatlar va feyk yangiliklarni ajratish katta muhokamaga sabab bo‘lmoqda va ehtimol, aynan katta ma'lumotlar texnologiyalari bu muammo yechimini topishga imkon berar. 

Shaxsiy videotranslyatsiyalar

Foto: Insider.Pro

Bu soha oxirgi paytda juda rivojlandi va 2017 yilda uning yanada faollashishi kutilmoqda. Snapchat Spectacles'ni olaylik - boshqa ijtimoiy medialar va ishlab chiqaruvchilar ham bu borada o‘z qarorlarini taklif qilishlari mumkin. 

Aqlli kiyim-kechaklar

Foto: Insider.Pro

2017 yilda ham aqlli soatlar hech qayoqqa g‘oyib bo‘lmaydi, lekin haqiqiy olib yuriluvchi qurilmalarning paydo bo‘lishini ham kutish mumkin. Texnologiyalar bizning kiyimlarimiz, poyabzalimiz va hatto paypog‘imizgacha "kirib keladi" - Google Jacquard'ning aqlli matolarga bag‘ishlangan loyihasi labaratoriya devorlaridan chiqqan taqdirda, bu jarayon yanada tezlashadi. Shunday ekan, kelajakda kiyimlarni ham zaryadkaga qo‘yishga to‘g‘ri kelsa, ajablanmang!

Ko‘proq yangiliklar: