Janubiy Koreya ikki nemis va bir yapon avto ishlab chiqaruvchisi hujjatlarining noto‘g‘ri rasmiylashtirilgani tufayli 10 xorijiy avto modelining sotilishini taqiqlaydi va ularga nisbatan jarima joriy qiladi. Bu haqida Daily Sabah nashrida xabar berildi.
BMW, Porsche va Nissan avtomobil ishlab chiqaruvchilarining Koreya Respublikasidagi bo‘limlari Atrof-muhit muhofazasi vazirligi tomonidan joriy qilingan 7,2 milliard von (5,9 million dollar) miqdoridagi jarima to‘lovidan ajablanishdi.
Taqiqlov qo‘yilgan modellar orasida BMW'ning x5m modeli, Porsche'ning Macan S Diesel va yana ikki transport vositasi, Nissan kompaniyasining Qashqai SUV va Infinity Q50 limousine modellari bor.
Transport vositalarining sotuvga chiqarilishi noyabr oyidan buyon cho‘zib kelinmoqda. Manbaga ko‘ra, faqatgina olti model o‘z vaqtida sotilgan.
Nissan kompaniyasining modellari borasida tekshiruv ishlari davom etmoqda, BMW'ga qo‘yilayotgan ayblovlar u qadar jiddiy ahamiyatga ega emas: X6M sinov natijalariga doir ma'lumot X5M hujjatlariga o‘xshashiga ishora qilingan. BMW esa, o‘z o‘rnida, ikki transport vositasi ham bir dvigatelni qo‘llashini ma'lum qilgan. Porsche muammolar haqida o‘zi ma'lum qilgan.