Volvo avtomobilga "Skayp" o‘rnatdi

Fan-texnika 22:08 / 29.12.2016 7196

Volvo kompaniyasi internet orqali matnli, tovushli va video aloqani ta'minlovchi dastur Skype’ni avtomobilga o‘rnatgan birinchi avtomobilsozlik kompaniyasi bo‘ldi. Biroq dasturning shved markasi mashinalaridagi funksiyalari konferents-aloqani qo‘llab-quvvatlovchi ovozli qo‘ng‘iroq bilan cheklangan.  

"Skayp" bilan 90-seriya modellari: krossover XC90, sedan S90 va universal V90 jihozlanadi. Skype for Business versiyasidagi dastur multimedia tizimiga to‘liq integratsiya qilingan, uning uchun alohida ilova ko‘zda tutilgan, boshqarish esa multimedia tizimining tachskrin yoki ruldagi tugmalar bilan amalga oshiriladi.

 90-seriya egalari "Skayp" orqali qo‘ng‘iroqlarni qabul qilishi yoki amalga oshirishi hamda bir necha suhbatdoshlar bilan bir vaqtda konferents-aloqa tashkil qilishi mumkin. Bundan tashqari, dasturda suhbatlarni keyin tinglash uchun uni yozish imkoniyati ko‘zda tutilgan.

"Volvo" Microsoft bilan hamkorlik doirasida yangi loyihani taqdim qildi. Gap Cortana dasturi haqida ketmoqda. Bu virtual shaxsiy yordamchi bo‘lib, yaqin orada bu marka avtomobillarida paydo bo‘ladi. Nutqni anglash orqali ishlovchi tizim odamlarga kundalik muammolarni hal qilishda yordam berishga mo‘ljallangan.

Ko‘proq yangiliklar: