LG TONE va TONE FREE GES`dagi olib yuriluvchi audioqurilmalarning yangi darajadagi sifatini taqdim etadi

Fan-texnika 10:35 / 29.12.2016 4307
Foto: LG

LG’dan TONE yangi audioqurilmasi – shaxsiy hajmli tovush va yengil simsiz quvvatlagich

SeUL, 28 dekabr 2016 yil - Bluetooth garnitura texnologiyalari sohasidagi yetakchi LG Electronics (LG) kompaniyasi CES® 2017 ko‘rgazmasida bir qator yangi simsiz audio tashuvchi mahsulotlarni taqdim etadi. Unda asosiy o‘rin TONE Studio audiotizimiga ajratilgan bo‘lib, u ajoyib 3D hajmdagi tovushni taratish imkoniga ega. Shuningdek, simsiz quloqchinlarga ega TONE Free audio-garniturasi taqdim etiladi. U uskunaning o‘ziga ulanganida quvvat olish imkoniga ega.

 

Foto: LG
Foto: LG

LG TONE Studio (HBS-W120 model), to‘rtta dinamika ega bo‘lgan shaxsiy olib yuriluvchi audioqurilma bo‘lib, tepada ikkita – butun spektrda va pastda ikkita tebranmali dinamikdan iborat. Bu esa filmni tomosha qilishda, videoo‘yinlar yoki musiqa tinglashda tovushning ajoyib chiqishini o‘zida his etish imkonini beradi. Uning tovushi DTS (Digital Theater System) sohasidagi mutaxassislar bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan bo‘lib, bu xuddi kinoteatrdagi tovushni eshitish yoki undagi muhitni his etish imkonini beradi. TONE Studio shuningdek raqamli-analog o‘zgartiruvchi Hi-Fi’ga ega bo‘lib, u tovush sifatini audio-kontentni ishga tushirish orqali, imkoni boricha aniq oshiradi. Bundan tashqari, siz Dual Play funksiyasi bilan ikkita olib yuriluvchi LG TONE Studio audio uskunasini ulashingiz va film, pleylist hamda boshqa tovushlar bilan o‘rtoqlashishingiz mumkin.

Foto: LG
Foto: LG

TONE Free (HBS-F110 model) LG kompaniyasining simsiz quloqchinlarga ega bo‘lgan birinchi audioqurilmasi bo‘lib, ular maxsus quvvatlagichga ulanganda quvvat oladi, bu esa ularni zaryadka qilish va olib yurish osonligidan dalolat beradi. Bo‘yindagi maxsus quvvatlagich nafaqat batereyadan qo‘shimcha quvvat olish va kiruvchi qo‘ng‘iroq hamda xabarlarni tebranma tovushlar bilan xabardor etishni ta'minlaydi, shuningdek u quloqchinlarni, uskuna quloqlarda bo‘lmagan paytda saqlash uchun xavfsiz joyni ham taqdim etadi. Bu esa ularning yo‘qolib qolishidan asraydi. Optsional quvvatlantirish tagliklari bo‘yindagi maxsus quvvatlagich ishlatilmaganda qo‘shimcha zaryad olishni ta'minlaydi. TONE Free ko‘proq erkinlik uchun qo‘llarni ishlatmasdan, qo‘ng‘iroqqa javob berish yoki uni rad etishni ovozli buyruqlar yordamida amalga oshirish imkonini beradi. Bu turli noqulayliklarni keltirib chiqaruvchi simlarsiz stereo tajribasiga yordam beradi.

«LG olib yuriluvchi audio uskunalar bozorida yangilanishlarning boy tajribasiga ega va bizning mahsulotlar barcha boshqa quloqchinlarga baho berishda strandart bo‘lib qoldi», dedi LG Electronics’dagi innovatsion shaxsiy qurilmalar biznes departamenti vitse-prezidenti Maykl Park. «Biz tez o‘zgaruvchi ushbu bozorda yetakchi o‘rinlardan birini egallashga harakat qilmoqdamiz hamda har bir musiqa ishqibozi va qulaylik axtaruvchi kishilarga yoqadigan yangi mahsulotlarni ishlab chiqmoqdamiz».

TONE Studio va TONE Free – bu LG kompaniyasining CES 2017’da taqdim etilgan Bluetooth-garnituralaridan faqatgina ikkitasidir. Namoyish etiladigan boshqa modellar - TONE Infinim (HBS-920 modeli) – LG kompaniyasining aniq va toza tovushga mo‘ljallangan Metal Layer Speaker texnologiyasi bilan jihozlangan hamda TONE Ultra (HBS-820 modeli) JBL audio mutaxassislari bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan bo‘lib, ajoyib ovozli chaqiruvning tiniqligiga ega hamda ikkita MEMS mikrofonlari bilan jihozlangan. LG kompaniyasining olib yuriluvchi audio mahsulotlar barcha modellari, jumladan TONE Platinum, Tone Active +, TONE Pro  va LG FORCE Las Vegas Convention Center Markaziy zalidagi 11100-raqamli stendida 5-8 yanvar kunlari bo‘lib o‘tadigan CES 2017 ko‘rgazmasida namoyish etiladi.

LG Electronics kompaniyasi haqida

LG Electronics, Inc. (KSE: 066570.KS) yuqori texnologiyali elektronika mahsulotlari, zamonaviy mobil aloqa vositalari, xo‘jalik texnikalari va innovatsiyalar sohasida jahonning yetakchi kompaniyasi hisoblanadi. Kompaniyaning butun dunyodagi 119 ta bo‘limida 83,000 ming kishi faoliyat yuritadi. LG kompaniyasi to‘rtta bo‘lim: Home Entertainment, Mobile Communications, Home Appliance & Air Solution va Vehicle Components’dan tashkil topgan bo‘lib, ularning jahon bo‘ylab 2015 yildagi umumiy savdosi 48.8 mlrd AQSh dollaridan iborat bo‘lgan (56.5 trln koreya voni). LG Electronics, shuningdek, tekis panelli televizorlar, mobil telefonlar, havo sovutgichlari, kir yuvish mashinalari va muzlatgichlar ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoning yetakchi kompaniyalaridan biri hisoblanadi. Bundan tashqari, LG Electronics 2015 yilgi ENERGY STAR Partner of the Year mukofoti sovrindori hisoblanadi. Qo‘shimcha ma'lumotlar uchun www.LGnewsroom.com saytiga murojaat qilishingiz mumkin.

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: