Google AQShdagi eng ommabop avtomobil brendlarini ma'lum qildi

Fan-texnika 07:32 / 29.12.2016 8584

Google kompaniyasi ketayotgan yilda AQShda eng ommabop bo‘lgan avtomobil brendlari ro‘yxatini chop etdi. Bu reyting "Gugl" qidiruv tizimida eng ko‘p qidirilgan avtomobil brendlaridan tuzilgan. Bu ro‘yxatga 10 ta kompaniya kirgan.  

2015 yilga nisbatan ro‘yxat ancha o‘zgargan. Misol uchun, undan 7 ta avtomobil brendi – Chevrolet, Dodge, General Motors, Lexus, Mazda, Volkswagen va Porsche chiqib ketgan.

Qolgan brendlar orasida Tesla oxirgi o‘rindan 3-o‘ringa, Honda esa 3-o‘rindan 1-o‘ringa, Mercedes-Benz esa 4-o‘rindan 2-o‘ringa ko‘tarilgan. Shu tariqa, avvalgi reytingda qolgan 3 ta brend joriy reytingning yetakchi uchligini hosil qilgan.

Quyida ushbu reyting keltirildi.

1. Honda
2. Mercedes-Benz
3. Tesla
4. Lamborghini
5. Volvo
6. Ford
7. Jaguar
8. Bentley
9. Maserati
10. Rolls-Royce

O‘tgan yilgi reytingda AQShdagi eng ommabop brend Chevrolet, 2014 yilda esa Ford bo‘lgan. 2014 yilgi reytingga Yevropaning bor-yo‘g‘i bitta avtomobil brendi (BMW) kirgan, 2015 yilgi reytingda esa bunday brendlar uchta bo‘lgan (Porsche, Mercedes-Benz va Volkswagen). 2016 yilgi reytingda esa Yevropa avtomobil brendlari soni 7 tani tashkil qildi.

 

Ko‘proq yangiliklar: