Apple kompaniyasi qurilmalarni simsiz quvvatlash uchun stolni patentladi. Bu haqida Patently Apple xabar beradi. G‘oya yangi emas — IKEA avvalroq analogik mebelni taqdim etgan edi.
"Zaryadlashning virtual zonasi" deb nom olgan patent arizasi 2013 yilda topshirilgan edi. Biroq Amerika patentlar va savdo markalari byurosi arizani endi tasdiqladi. Unda qayd etilishicha, stolning yuza qismi notekis bo‘lishi mumkin – ma'lum bir qismlarda gadjyetlar quvvat olishi mumkin bo‘lgan magnit maydoni generatorlarini o‘rnatishadi.
Zaryadlovchi qismli stollar Apple muxlislarining uyida ham, brendli do‘konlarda ham paydo bo‘lishi mumkin. Avvalroq, Kupertinoda simsiz quvvatlash texnologiyalarini ishlab chiqaruvchi Energous kompaniyasi bilan bitimlar imzolangani haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi. Apple qurilmalarda simsiz zaryadlash imkonini beruvchi chipdan foydalanish huquqiga ega bo‘lishi mumkin. U juda ham qulay, shu sababli chipni o‘rnatish iPhone va Apple'ning boshqa qurilmalari hajmiga ta'sir qilmaydi.
Patent arizaning tasdiqlanishi iPhone 7s, 7s Plus yoki 8 qurilmalarda simsiz zaryadlash imkoni mavjud bo‘lishiga bog‘liq mish-mishlarni haqiqatga yaqin ekaniga ishontiradi.