2017 yilda o‘ta kuchli yangi mobil protsessor taqdim etiladi

Fan-texnika 17:21 / 29.12.2016 8550

Qualcomm kompaniyasi yilning birinchi texnologik ko‘rgazmasi - CES 2017’da yangi mobil protsessorni taqdim etadi. Bu haqda ishlab chiqaruvchi Twitter’dagi rasmiy sahifasida ma'lum qildi. Snapdragon 835 chipseti o‘z yo‘nalishi bo‘yicha eng kuchli bo‘ladi.

Qualcomm Snapdragon 820 va 821 14-nm texnologiya bo‘yicha yaratilgan. Snapdragon 835 ular bilan solishtirganda 30 foiz kamroq joyni egallaydi. Bundan tashqari, yangi protsessorning energiya sarflash hajmi 40 foizga kam. 

Snapdragon 835’ning ishlab chiqarish miqdori ham avvalgilarga qaraganda 27 foizga ko‘proqdir.

Uning maksimal taktlash chastotasi 2,2 GGts.ni tashkil qiladi. Sakkizta yadro Adreno 540 grafika protsessoriga qo‘shimcha tarzda biriktirildi. 

Bundan tashqari, yangi chipset Quick Charge 4 tez quvvat olish texnologiyasiga ega – akkumulyator sig‘imi 2750 mAs bo‘lgan smartfonni 5 daqiqada 5 soatlik ishlashga mo‘ljallab quvvatlantirish mumkin. U USB-kabel holati va turini aniqlashi mumkin. Bu esa sifatsiz simlar sabab akkumulyatorga zarar yetishning oldini oladi. Smartfonni qizib ketishdan to‘rt darajali himoya tizimi ajratib turadi. 

Kutilishicha, Snapdragon 835 asosida Samsung Galaxy S8, LG G6 va Xiaomi Mi6 yaratiladi.

Ko‘proq yangiliklar: