Rossiya prezidentining mashinasi sotuvga qo‘yildi

Fan-texnika 19:25 / 28.12.2016 40690

mobile.de nemis portalida, sotuvchining ta'kidlashicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan ishlatilgan Mercedes-Benz Guard Pullman S600 (W140) limuzini sotilishi haqida e'lon paydo bo‘ldi. Zirhlangan "olti yuzinchi" modeldagi "Mersedes"ning narxi 1,3 mln yevroni tashkil qiladi. 

1995 yil ishlab chiqarilgan limuzin B6/B7 himoya sinflariga javob beradi. Bu avtomobil Kalashnikov avtomati va snayper miltiqlaridan o‘q otishlarga bardosh bera olishini anglatadi. Mashina 400 ot kuchiga ega 6 litrli, V12 motori bilan harakatga keltiriladi. Mashina yurib o‘tgan yo‘l 25 ming km ni tashkil qiladi. 

2017 yilda Rossiya hukumatining alohida muhimlikdagi garajiga "Kortej" loyihasining ilk avtomobillari yetkazilishi kerak. Bu loyiha doirasida Rossiya siyosiy elitasi uchun sedan, yo‘ltanlamas va miniven yaratilmoqda. Bundan tashqari, loyiha doirasida prezident limuzini ham tayyorlanadi. Ishlar Avtomobil va avtomotor markaziy ilmiy-tadqiqot instituti ko‘magida olib borilmoqda. Mashinalarni seriyali tarzda ishlab chiqarish Sollers korxonasida yo‘lga qo‘yilmoqchi. 

Avvalroq internetda bo‘lg‘usi prezident limuzini asboblar paneli surati paydo bo‘lgandi, 2016 yil yozda institut limuzinning 860 ot kuchiga ega, 12 silindrli dvigatelini taqdim qilgandi. Dekabrda hukumat mashinalari uchun logotip variantlari namoyish qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: