Xitoyda jahondagi eng uzun tezyurar poyezd temir yo‘l liniyasi foydalanishga topshirildi

Fan-texnika 14:44 / 28.12.2016 12140

Xitoyda dunyodagi eng uzun tezyurar poyezd temir yo‘l liniyasi o‘z ishini boshladi. Bu haqda Xitoyning China Railway Corporation davlat korporatsiyasi ma'lum qilmoqda.

Ma'lumotlarga ko‘ra, Shanxay va Kunmin shaharlari oralig‘ida ishga tushirilgan mazkur temir yo‘l liniyasining uzunligi 2 ming 252 kilometrni tashkil etadi. U beshta - Chjetszyan, Tszyansi, Xunan, Guychjou va Yunnan provinsiyalaridan o‘tadi. Ushbu yo‘nalishning ishga tushirilishi Shanxay va Kunmin orasidagi 34 soatlik masofani 11 soatgacha qisqartiradi. Ushbu temir yo‘lda harakatlanadigan poyezd o‘z tezligini soatiga 330 km.gacha oshirish quvvatiga ega. Ushbu yo‘nalishda 10ta stansiya qurilgan.

“Sinxua” agentligi bergan ma'lumotga ko‘ra, Xitoydagi eng uzun tezyurar poyezd temir yo‘l liniyasi Pekin va Guanchjou shaharlarini bog‘lab turadi. Uning uzunligi 2 ming 298 km bo‘lib, 2012 yilda foydalanishga topshirilgan.

 

Ko‘proq yangiliklar: