Dunyoning eng nufuzli 500 kompaniyasi reytingini tuzishda tahlilchilar kompaniyaning bozordagi ulushi, yetakchiligi va mijozlarning fikrlarini hisobga olishgan. Axborot texnologiyalari sohasidagi kompaniyalar qolgan 50 ta soha, jumladan energetika, avtomobilsozlik, media sohalardagi brendlardan o‘zib, reytingning birinchi qatorlarini egallagan.
500 ta nufuzli kompaniyadan 227 tasi AQSh, 38 tasi Xitoy kompaniyalari bo‘lib, ro‘yxatdan umumiy hisobda 28 ta davlat kompaniyalari joy olgan.
Reytingning yetakchi uch pog‘onasini Apple, Google, Amazon egalladi. Yuzta eng yaxshi kompaniyalar orasidan Xitoyning Haier, Tencent, China Mobile, Huawei va Lenovo kabi kompaniyalari o‘rin olgan.
Xuddi shunga o‘xshash tadqiqotni Interbrand kompaniyasi o‘tkazgan bo‘lib, unda kompaniyalarning intellektual mulki baholangan. Bu reytingda ham 178,1 mlrd dollar bilan Apple va 133,3 mlrd dollar bilan Google 1-2-o‘rinlarni egallagan.