CES 2017 ko‘rgazmasi mehmonlarini havoda muallaq turuvchi LG kolonkalari dizayni lol qoldiradi

Fan-texnika 11:15 / 28.12.2016 6774
Foto:LG

LG tomonidan ishlab chiqilgan havoda muallaq turuvchi ixcham kolonka go‘yoki sehrli tarzda havoda suzayotgandek taassurot uyg‘otadi. Shu bilan birga, u ajoyib va sifatli sadolarni aks ettiradi. 

SeUL, 2016 yil 27 dekabr. LG Electronics (LG) kompaniyasi elektronika sohasida istiqbolli texnologiyalar uchun tengsiz sinov maydoni bo‘lib borayotgan CES® 2017 ko‘rgazmasida o‘zining futuristik, portativ, muallaq turuvchi kolonkasi (PJ9 model)ni namoyish etadi. Yangi simsiz ovozkuchaytiruvchi qurilma maxsus taglik ustida parvoz qilish bilan kishini hayratga soladi, shu bilan bir vaqtda, ajoyib sifatli ohangni ta'minlaydi, uning yodda qoluvchi dizayni foydalanuvchilarda iliq taassurot qoldiradi. Ushbu ko‘pburchakli qurilma g‘aroyib tashqi ko‘rinishiga qo‘shimcha ravishda musiqa, podkast va boshqa audiomahsulotni bino ichida ham, tashqarida ham o‘zgarishsiz va uzluksiz ijro eta oladi. 

PJ9 modelining hayratlanarli vizual effektiga taglikka o‘rnatilgan o‘ta kuchli elektromagnitlar evaziga erishiladi. Aynan ular kolonkaning simsiz va biror yuzaga tegmasdan ishlashini ta'minlaydi. Qurilma negizida – 360o hajmli dinamik bo‘lib, tashqi ko‘rinishidan turbinani yodga soladi. U taglikka o‘rnatilgan sabvufer evaziga basni kuchaytirish imkoniga ega. PJ9 modelida, shuningdek, Dual Passive Radiator texnologiyasi ham qo‘llaniladi, u bir xil o‘rta va keskin yuqori ohanglarni sifatli aks ettirishga yordam beradi. 

Foto: LG


Kolonkaning uzluksiz 10 soat ishlashga mo‘ljallangan akkumulyatori quvvati kamayganda, «aqlli» qurilma avtomatik ravishda simsiz quvvat olish uchun taglikka tushadi. Bunda foydalanuvchining ishtiroki talab etilmaydi, musiqa ohanglari ham to‘xtab qolmaydi. PJ9 modelining suvga chidamli ekani IPX7 himoya qobig‘i me'yoriga mos kelgani sababli, noqulay ob-havo sharoitlarida ham ishlash imkonini beradi. Qurilma qulayligi va imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida Multipoint texnologiyasidan foydalanilgan. Buning natijasida u Bluetooth orqali ikkita qurilmaga ulanishi mumkin. 

«Bizning premium toifa simsiz audioqurilmalar qatoridagi so‘nggi mahsulot o‘zining ajoyib dizayni bilan nafaqat ko‘pchilik e'tiborini tortadi, balki LG kompaniyasining haqiqatdan ham boshqa mahsulotlardan jiddiy farq qiluvchi qurilmani taqdim etish niyatini isbotlaydi, – deb hisoblaydi LG kompaniyasining Home Entertainment bo‘limi prezidenti va bosh direktori Brayan Kvon (Brian Kwon). – Biz butun dunyodagi iste'molchilar uchun yuqori texnologiyali audioqurilmalarimizda innovatsion dizaynerlik yechimlarini joriy qilish va yangi konsepsiyalarni qidirish bilan jiddiy shug‘ullanish niyatidamiz. PJ9 modeli bugungi kunda ushbu urinishning so‘nggi isboti bo‘lib xizmat qiladi».

CES ko‘rgazmasi ishtirokchilari kompaniyaning simsiz audioqurilmalari qatori bilan Las Vegas Convention Center pavilonidagi LG burchagida (№ 11100 stendi, markaziy zal) tanishishlari mumkin.

LG Electronics kompaniyasi haqida

LG Electronics, Inc. (KSE: 066570.KS) yuqori texnologiyali elektronika mahsulotlari, zamonaviy mobil aloqa vositalari, xo‘jalik texnikalari va innovatsiyalar sohasida jahonning yetakchi kompaniyasi hisoblanadi. Kompaniyaning butun dunyodagi 119 ta bo‘limida 83,000 ming kishi faoliyat yuritadi. LG kompaniyasi to‘rtta bo‘lim: Home Entertainment, Mobile Communications, Home Appliance & Air Solution va Vehicle Components’dan tashkil topgan bo‘lib, ularning jahon bo‘ylab 2015 yildagi umumiy savdosi 48.8 mlrd AQSh dollaridan iborat bo‘lgan (56.5 trln koreya voni). LG Electronics, shuningdek, tekis panelli televizorlar, mobil telefonlar, havo sovutgichlari, kir yuvish mashinalari va muzlatgichlar ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoning yetakchi kompaniyalaridan biri hisoblanadi. Bundan tashqari, LG Electronics 2015 yilgi ENERGY STAR Partner of the Year mukofoti sovrindori hisoblanadi. Qo‘shimcha ma'lumotlar uchun www.LGnewsroom.com saytiga murojaat qilishingiz mumkin.

Reklama huquqi asosida.

Ko‘proq yangiliklar: