Bakteriyalar metabolizmidan quvvatlanadigan batareya ixtiro etildi

Fan-texnika 15:31 / 28.12.2016 4135

Amerikaning Bingemton universiteti olimlari mikroorganizmlarning hayot faoliyatidan ishlaydigan batareyani ishlab chiqishning uddasidan chiqishgan. Bu haqda, Advanced Materials Technologies jurnalida ma'lum qilingan. Mualliflarning ta'kidlashlaricha, bunday batareyaning tuzilishi juda sodda bo‘lib, «uning detallarini sayyoraning istalgan burchagida topish mumkin».

Tadqiqotchilar quvvatlanishning original elementini yasash uchun xromotografiya qog‘oziga kumush nitratni surishgan, so‘ngra, mum bilan qoplashgan. Batareyaning orqa tarafida o‘tkazuvchi polimerdan yasalgan idish joylangan. Unga bakteriyalarga to‘la suyuqlik to‘ldiriladi. Qog‘oz yig‘ilganda ikki tomon yuzasi bir-biriga tegadi va bakteriyalar metabolizmi hisobiga batareya quvvat beradi. Ixtirochilarning so‘zlariga ko‘ra, batareya kuchi qatlamning soniga bog‘liq bo‘ladi. Xususan, laboratoriya sharoitida 3x3 usulida qatlangan batareyadan 31,51 mkVt (mikrovatt) va 125,53 mikroamper quvvat olingan. 

Garchi, ushbu batareya xizmat muddati uzoq bo‘lsa-da, (bakteriyalar tirik ekan, energiya mavjud bo‘lib qoladi), olimlarning qayd etishlaricha, olingan energiya hattoki oddiy lampani yoqishga ham yetarli emas. Biroq, bu batareyalardan tibbiyotdagi biologik sensorlarni quvvatlashda foydalanish mumkin. 

Ko‘proq yangiliklar: