Yaqin orada iPhone smartfonlari Hindistonda ishlab chiqarilishi mumkin

Fan-texnika 10:24 / 22.12.2016 3528

Amerikaning Apple korporatsiyasi Hindiston hududida o‘z mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun ruxsat olishga urinmoqda, deb yozgan The Wall Street Journal nashri.

U Hindiston hukumatidagi manbalariga asoslangan holda shu haqda ma'lum qilmoqda. Unga ko‘ra, korporatsiya rahbariyati o‘tgan oyda shunday taklifni yuborgan. Apple o‘z mahsulotlari savdosini sezilarli oshirish va shu bilan Janubi-Sharqiy Osiyodagi bozorini kengaytirishni xohlamoqda. Nashrning yozishicha, bugungi kunda kompaniyaning Hindiston smartfonlar bozoridagi ulushi 5 foizdan oshmaydi. 

"Apple Hindistonda Xitoyda erishilgan muvaffaqiyatidan o‘zib ketmoqchi", - deya manbasi so‘zlaridan iqtibos keltiradi gazeta. 

1976 yilda asos solingan Apple kompaniyasi iPhone smartfonlari, iPad planshet kompyuterlari, iPod musiqa pleyerlari, MacBook noutbuklari, iMac stol kompyuterlarini hamda boshqa yuqori texnologiya mahsulotlarini ishlab chiqaradi. Korporatsiya dunyodagi eng yirik kompaniyalardan biri hisoblanadi, uning bozor kapitallashuvi oktabr oyi oxiriga ko‘ra, 620 mlrd AQSh dollaridan oshib ketgan.

 

Ko‘proq yangiliklar: