Xitoyning China Mobile mobil operatori 2020 yildan 5G aloqa standartini tijoriy maqsadda foydalanish uchun amalga tatbiq etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda "Chjentsyuan shibao" gazetasi kompaniya prezidenti Li Yue bayonotiga asosan xabar berdi.
China Mobile 2013 yilda yangi aloqa standartiga tegishli texnologiyani ishlab chiqishni yakunladi. 2016 yildan esa 5G’dagi yangi mahsulotlarni ishlab chiqish va tajribadan o‘tkazish ishlari boshlandi. Kompaniya 2017-2018 yillarda yangi standartni sinovdan o‘tkazishni davom ettiradi. U 2020 yildan tijorat maqsadida foydalaniladi, deyiladi bayonotda.
Ayni damda esa China Mobile Huawei kompaniyasi va ZTE korporatsiyasi bilan hamkorlikda “beshinchi avlod” aloqa standartida ishlovchi baza stansiyalari va turli qurilmalarni ishlab chiqish va sinovdan o‘tkazish bilan shug‘ullanmoqda. U ma'lumot uzatish tezligini soniyasiga 1 gigabayt tezlikda yetkazib berish imkonini taqdim etadi. Bu esa 4G’ga qaraganda 20-50 barobar ko‘p degani.
China Mobile tadqiqot laboratoriyasi rahbari o‘rinbosari Xuan Yuyxunning so‘zlariga ko‘ra "4G hayotni o‘zgartirdi, 5G esa butun jamiyatni yangilanishlar sari boshlaydi".
Ma'lumot uchun, China Mobile Xitoy hududidagi eng yirik uyali aloqa operatori sanaladi. Uning barcha aloqa turlari bo‘yicha abonentlarining umumiy soni 1 milliard kishidan ko‘proqni tashkil etadi.