Nuqsonli olmosdan dunyodagi eng kichik radio yaratildi

Fan-texnika 16:35 / 19.12.2016 4517

Harvard muhandislik va amaliy fanlar maktabining (SEAS) bir guruh olimlari pushti rang olmosdan dunyodagi eng kichik radiopriyomnikni yaratishga muvaffaq bo‘lishdi. Bu haqida Motherboard nashri xabar berdi. 

Manbaga ko‘ra, olmosli radio maxsus defekt — olmosning kristall panjarlarida, uglerod atomlaridan biri azotga almashganida hosil bo‘ladigan NV-markaz asosida ishlaydi.

Mini-radio klassik radioga xos bo‘lgan barcha elementlarga ega: quvvatlantirish manbai, priyomnik, elektromagnit to‘lqinlarni elektrik tokka aylantiruvchi, tyuner va dinamik. 

Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, ularning ixtirosi juda mustahkam bo‘lib, har qanday sharoitda ishlashga qodir. Masalan, eng kichik radiopriyomnik 350 darajadan ortiq haroratda ham musiqani yetkazib bera oladi. Olimlar olmoslarning boshqa nuqsonlarini o‘rganishni rejalashtirishmoqda. 

Ko‘proq yangiliklar: