Hozirgi kunda, dunyoning yirik kompaniyalari dronlar bilan bog‘liq turli tajribalar o‘tkazmoqda. Ular o‘ziuchar texnikalardan kurerlar sifatida foydalanishni rejalashtirishmoqda. Amazon, UPS va Domino kabilar dronlardan o‘z maqsadlarini amalga oshirishda qayyo‘sinda samaraliroq foydalanish mumkinligi borasida ko‘p bosh qotirmoqda. Ammo, ularning hech biri ushbu texnikalar uchun infratuzilma barpo etishni haqida o‘ylab ham ko‘rgani yo‘q.
Dronlarni yuk bilan mijozga yuborishda, buyurtmani qurilmaga osish bir yoqda tursin, ularni qayerdadir saqlash, quvvatlash va ta'mirlash lozim. Alkala universiteti arxitektori Saul Fernandez aynan shu masalani hal qilishga urinib ko‘rgan. U shahar dronoporti loyihasini taklif qilmoqda.
Zamonaviy loyiha Urban Droneport deb nomlangan. Uni Madridda barpo qilish bilan dronlar uchun o‘ziga xos konsentrator va logistika markazi bo‘lishi mumkin edi. Dronlar unda maxsus angarlarda joylashib, ushbu angar tomiga joylangan quyosh panellari yordamida quvvat olishi mumkin.
Dronlarning tobora ommalashib borayotgani va ko‘plab kompaniyalar o‘z faoliyatida ushbu qurilmalardan foydalanish istagini bildirayotgani hisobga olinsa, ajoyib g‘oyadir. Chunki, kompaniyalar, qachonlardir dronlar uchun qandaydir infratuzilmalar barpo qilishi talab etiladi.