Italiyaning Lamborghini kompaniyasi Aventador superkarining yangilangan versiyasini namoyish qildi. Endilikda, uning nomiga S harfi qo‘shib aytiladi. Modelning aerodinamikasi yaxshilangan va 740 ot kuchiga ega V12 atmosferali dvigatel o‘rnatilgan. Shu bilan birga u to‘liq boshqariluvchi shassiga ega seriyali avtomobilga aylangan.
Restayling qilingan superkarni, uning kuzovidagi o‘zgarishlar, yangi aerodinamik elementlaridan farqlash mumkin. Aventador S’ning old bamperi avvalgisiga qaraganda 130 foiz ko‘proq bosish kuchini ta'minlaydi. Orqa tomondagi sozlanuvchi spoyler bosish kuchini 50 foizga kuchaytiradi. Bundan tashqari, superkarni eshiklar ortidagi kengaytirilgan havo so‘rg‘ichlari hamda dvigatel yonlaridagi havo tirqishlari bilan farqlash mumkin.
U o‘z negizida karbonli monokokni saqlab qolgan. Biroq, katta tezliklarda boshqaruv barqarorligini ta'minlash maqsadida yangi to‘liq boshqariladigan shassiga ega bo‘lgan. Shu bilan birga, uning podveskasi ham o‘zgargan.
Superkarning barqarorlashtiruvchi dasturiy ta'minot tizimi ham takomillashtirilgan. Bunda, barcha g‘ildiraklar yetakchiligining 90 foizi ort g‘ildiraklarga o‘tkazilishi mumkin.
Aventador S’ning boshqaruv elektronikasi ham modernizatsiya qilingan. Avvalgi Strada, Sport va Corsa namunalariga Ego ham qo‘shilgan. U dvigatel, uzatmalar qutisi va podveska faoliyatini haydovchining o‘ziga moslash imkonini beradi.
6,5 litrli, V12 atmosferali dvigatel quvvatini yoqilg‘ini taqsimlash va purkash jarayonini modernizatsiya qilish evaziga oshirish mumkin bo‘lgan. Taxometrdagi qizil hudud daqiqasiga 8500 aylanishdan boshlanadi. Avvalgilarida bu raqam 8300dan boshlanar edi.
Dvigatel daqiqasiga 8400 marta aylanishda 740 ot kuchi bilan ta'minlaydi. Shunday qilib, Aventador S avvalgisidan 40 ot kuchiga kuchliroqdir.
Uning joyidan soatiga 100 km tezlikka erishish vaqti ham o‘zgarishsiz qolgan va 2,9 soniyani tashkil etadi. 8,9 soniyada soatiga 200 km tezlikka erisha oladi. 24,5 soniyada 300ga chiqadi. Biroq, uning eng yuqori tezligi soatiga 350 kmni tashkil etadi.
Lamborghini Aventador S 2017 yildan sotila boshlanadi. Uning eng arzoni Yevropada 281 555 yevro ekani aytilmoqda. Bu avvalgi modelidan 25 ming yevroga qimmatdir.