Eyfel minorasi ishchilari ish tashlashni to‘xtatishga rozi bo‘ldilar

Foto: © AFP
Parijdagi Eyfel minorasi ishchilari 5 kun davom etgan ish tashlashdan keyin yana ishga chiqishga rozi bo‘ldilar, deb xabar bermoqda Le Parisien.
Bu qaror kasaba uyushmalarining umumiy yig‘ilishida e'lon qilindi. Minora o‘z ishini mahalliy vaqt bilan soat 13.30da (Toshkent vaqti bilan soat 17.30da) boshlashi kerak edi.
Ikkala tomon – ishchilar va kasaba uyushmalari rahbarlari hamfikrlik haqidagi memorandumni imzolashgan. Ishchilarning aytishicha, minoraning birinchi qavatidagi yaxmalakni ochishga 4 kun talab qilinadi.
Avvalroq minora ishchilari ishlarini to‘xtatib, ish sharoitining yaxshilanishi va maoshning oshirilishi talabi bilan ish tashlashni e'lon qilishgani ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid

20:44 / 09.03.2025
Hamburg aeroporti ish tashlashlar sabab butunlay faoliyatini to‘xtatib qo‘ydi

23:43 / 27.02.2025
Myunxen va Hamburg aeroportlari xodimlari ish tashlash e’lon qildi

11:24 / 16.01.2025
Gurjistonda hukumatga qarshi keng ko‘lamli ish tashlash davom etmoqda

22:42 / 13.01.2025