Vine videoservisi 2017 yil boshida yana ishga tushiriladi

Fan-texnika 22:37 / 17.12.2016 4006

Twitter ijtimoiy tarmog‘i qisqa videolar yozish uchun mo‘ljallangan Vine servisi ishini 2017 yil yanvarda tiklashini ma'lum qildi. Vine Camera dasturida eski funksiyalardan hammasi ham bo‘lmaydi.  

Vine vakillari o‘zlarining Medium’dagi blogida Vine Camera dasturida 6 soniyalik videoni yozish va uni sikllashtirish imkoniyati saqlab qolinishini yozdilar. Yozuvlarni almashish imkoniyatiga taqiqlovlar qo‘yiladi: ularni bevosita Twitter‘da chop etish yoki smartfonda saqlash mumkin bo‘ladi. 

Kompaniyada ma'lum qilinishicha, dasturda boshqa foydalanuvchilarning yozuvlari tasmasi va ba'zi ijtimoiy funksiyalar – layk va izohlar bo‘lmaydi. Vine Camera yordamida qilingan eski yozuvlar dasturda va servis saytida ochiladi. 

Oktyabrda Twitter vakillari videoservisning "yaqin oylarda" yopilishini aytishgan. OAV noyabrda kompaniya Vine’ni 10 mln dollarga sotmoqchiligini ma'lum qilgan. Bu orada Rossiyaning sikllangan videolarni yozish servisi Coub Vine foydalanuvchilarini migratsiya qilish funksiyasini ishga tushirgan. 

 

Ko‘proq yangiliklar: