Nissan Murano krash-testdan o‘ta olmadi

Fan-texnika 15:20 / 17.12.2016 7544

Janubiy Amerika bozori uchun ishlab chiqilgan avtomobillarning xavfsizlik darajasini aniqlovchi Latin NCAP tashkiloti Nissan Murano krash-testining natijasini e'lon qildi. Unga ko‘ra, Yaponiya krossoveri 5 yulduzdan ikkitasini to‘play olgan. U old to‘qnashuv sinovidan o‘ta olmagan.

Latin NCAP tashkiloti old to‘qnashuv uslubi Yevropa qo‘mitasiniki (Euro NCAP) bilan bir xildir. Bu sinalayotgan avtomobilning maxsus to‘singa soatiga 64 km tezlikda kelib urilishini anglatadi. Tashkilot ushbu test chog‘ida Nissan Murano konstruksiyasining jiddiy talofatini qayd etgan. Bundan tashqari, haydovchining hayoti, ayniqsa uning ko‘krak va oyoq sohasi uchun katta xavf yuzaga kelishini aniqlashgan. Shu bilan birga, old yo‘lovchi ham yaxshi himoyalanmasligi ma'lum bo‘lgan. Manekenning tizza qismi jiddiy zararlangan. 

Krossover boshqa sinovlarda yaxshi natija qayd etganiga qaramay, old to‘qnashuvga oid salbiy ko‘rsatkich yakuniy xulosaga ta'sir etgan. 

2015 yil bahorida ushbu model AQSh yo‘llarida xavfsizlik sug‘urta instituti – IIHS krash-testidan o‘tgan va mumkin bo‘lgan eng yuqori ball – Top Safery Pick+ bilan taqdirlangan edi. Ta'kidlash joizki, Shimoliy va Janubiy Amerika bozoriga yetkazib beriladigan Murano Missisipi shtatidagi Nissan zavodida yig‘iladi. 

Ko‘proq yangiliklar: