Twitter’da Mixael Shumaxerning rasmiy akkaunti paydo bo‘ldi

Foto: Getty Images
Twitter ijtimoiy tarmog‘ida "Formula-1" poygalarining 7 karra jahon chempioni, afsonaviy nemis poygachisi Mixael Shumaxerning rasmiy akkaunti paydo bo‘ldi
Shumaxer 2013 yil dekabrda Fransiyada tog‘ chang‘isi uchayotganda miyasining ikki yarimsharida ko‘plab jarohatlar olgan va miyasiga qon quyilgan. Sobiq poygachi 2014 yildan beri Shveytsariyadagi villasida salomatligini tiklash muolajasidan o‘tmoqda.
Akkauntga izohda u "avtopoygalar afsonasi Shumaxerning ajoyib muxlislari uchun yaratilgani va ular uchun "paddok" (poyga jamoalari joylashadigan maxsus hudud) bo‘lishi" aytilgan. Avvalroq xuddi shunday ta'rif bilan poygachining Instagram’da ham rasmiy sahifasi ochilgandi.
Shumaxer "Formula-1" poygalarining 7 karra chempioni hisoblanadi. U shuningdek "qirollik poygalari"ning ko‘plab rekordlari muallifidir: u bosqichlardagi g‘alabalar soni (91 ta), shohsupaga ko‘tarilishlar soni (155 ta), bir mavsumda g‘alabalar soni (13 ta), eng tez davralar soni (77 ta) hamda ketma-ket qo‘lga kiritilgan chempionlik unvonlari soni (5 ta) bo‘yicha rekordchidir.
Mavzuga oid

18:16 / 13.02.2025
Ilon Maskning ijtimoiy tarmog‘i Trampga 10 mln dollar to‘lab beradi

09:51 / 13.02.2025
Sud Mixael Shumaxerning oilasiga nisbatan shantaj ishi bo‘yicha hukm chiqardi

15:21 / 14.11.2024
Mixael Shumaxerning so‘nggi Ferrari avtomobili kimoshdi savdosiga qo‘yildi

23:47 / 14.08.2024