Tandir go‘sht buyurtma qilinadigan sayt va Telegram BOT ishga tushdi

Fan-texnika 12:01 / 16.12.2016 60164

Har bir millatning milliy taomi o‘zgacha mazali. Serquyosh o‘lkamizning har bir hudud, viloyati o‘zining turli tuman taomlariga ega. Misol uchun, Buxoroda «Oshi so‘fi», Xorazmda «Tuxumbarak», Jizzaxda «Salla somsa» va Samarqand nonlari shular jumlasidandir.

Sanab o‘tilgan taomlar aslidek mazali bo‘lishi uchun o‘z muhitining tabiati, suvi, tayyorlash usuli va eng muhimi — kerakli masalliqlarning to‘g‘ri tanlanishi kabi, boshqa yerda topib bo‘lmas shart-sharoitlar lozim. Biz sizga taklif qilayotgan tandir kabob yuqoridagi shartlarga mos keladi.

Bizning qo‘y-qo‘zilar erta tongdan to qosh qoraygunga qadar 100 dan ortiq bo‘lgan turdagi o‘t-o‘lanlardan oziqlanadi, daryo o‘zani va buloqlardan suv ichadi. Shuningdek, ular har kuni 10-15 kilometr masofada harakatlanib, o‘tlashi — ulardan tayyorlanadigan tandir go‘shtining beqiyos mazali bo‘lishiga sabab hisoblanadi.

Bundan tashqari, biz tandir kabob tayyorlanishida tabiiylikka ko‘prok e'tibor qaratamiz. Hech qanday zamonaviy ta'm beruvchi vositalarsiz, sous, mayonezlarsiz faqatgina tog‘ archasi-yu, tog‘ zirasidan foydalanamiz.

Yaqinda esa, tandir go‘sht muxlislari uchun maxsus zamonaviy xizmat: uydan chiqmay turib, veb-sayt hamda Telegram BOT yordamida buyurtma qilish imkonini taqdim etdik.

Buning uchun TAOM24.uz saytimizga tashrif buyurishingiz yoki Telegramdan @Tandir_BOT’ni izlab, tandir go‘shtini buyurtma qilaverishingiz mumkin.

Xizmat hozircha, faqatgina Toshkent shahri uchun amal qilmoqda

Buyurtma qiling, tatib ko‘ring va o‘zingiz baho bering. Fikr va mulohazalaringizni, taklif va shikoyatlaringizni ham kutamiz:

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: