General Motors haydovchisiz avtomobilni sinovdan o‘tkazishni boshladi

Fan-texnika 09:57 / 16.12.2016 3132

Amerikaning General Motors (GM) avtomobil korporatsiyasi Michigan shtati yo‘llarida o‘zi tomonidan ishlab chiqilgan haydovchisiz avto sinovi jarayoniga kirishmoqda. Bu haqda Associated Press (AP) agentligi xabar berdi.

Uning ma'lumotlariga ko‘ra, GM bunday qarorga shtat gubernatori Rik Snayder tomonidan Michigandagi umumiy foydalanishda bo‘lgan yo‘llarda avtonom transport vositalari sinovini o‘tkazishga ruxsat beruvchi farmonga imzo chekilgach, kelgan.

Yangi qonun ichida haydovchi bo‘lmagan va g‘ildirakli rulsiz avtolarni sinovdan o‘tkazish imkonini beradi. Biroq General Motors’ning xabar berishicha, avvaliga mashinalarda xavfsizlik maqsadida kishi bo‘ladi, u kerak bo‘lganda boshqaruvni o‘z qo‘liga olishi mumkin.

Kompaniyada ta'kidlanishicha, Chevrolet Bolt avtonom moddellari sinovi Uorren shahrida o‘tkaziladi. Keyinchalik Detroyt jamoat ko‘chalarida foydalanilishi mumkin.

GM’ning aniqlik kiritishicha, Michigandagi tajribalar avtoni murakkab ob-havo sharoitlarida ham sinovdan o‘tkazish imkonini taqdim etadi. Bu esa sensorlar ishi va datchiklardagi nosozliklarni bartaraf etishda ko‘mak beradi.
 

Ko‘proq yangiliklar: