Yevropaning eng xavfsiz avtomobillari aniqlandi

Fan-texnika 14:32 / 16.12.2016 11701

Yevropaning Euro NCAP tashkiloti 2016 yilda o‘tkazgan krash-testlari natijasiga xulosa yasadi va uchta eng xavfsiz modelni tanlab oldi. Tashkilot ma'lumotiga ko‘ra, Toyota Prius va Hyundai Ioniq hamda ixcham Volkswagen Tiguan krossoveri eng xavfsiz avtomobillardir.

Umuman, joriy yilda Euro NCAP 18 ta yangi yengil avtomobilni va to‘rtta «og‘ir kvadrosikllar» toifasiga mansub transport vositasini sinovdan o‘tkazgan. 2016 yilgi test yangi qoidasi o‘tkazilgan bo‘lib, yakuniy natijaga piyodalar qarshisida favqulodda to‘xtash tizimiga berilgan baho ham kiritilgan. 

Bundan tashqari, Euro NCAP «ikki xil reyting» bo‘yicha ham hujjat to‘ldirgan. Bunda avtomobil ishlab chiqaruvchilar ikki turdagi mashinani — arzon va barcha xavfsizlik tizimlari bilan jihozlangan namunasini taqdim etishlari mumkin bo‘ldi. 

Toyota Prius

«Katta oilaviy avtomobil» tasnifida yangi avlod Toyota Prius g‘olib chiqqan. Euro NCAP tashkiloti qayd etishicha, modelning eng arzoni ham «Toyota Safety Sense» bilan jihozlangan. Bu tizim avtomobilning piyodani taniy olishi va old tomondan to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaydigan tizim hisoblanadi. 

«Kichik oilaviy avtomobil» tasnifidagi eng yaxshi transport vositasi sifatida Janubiy Koreya vakili g‘olib chiqdi. Bu borada Hyundai Ioniq ko‘rsatkichlarini takrorlaydigan topilmadi. Garchi, Euro NCAP modelning gibrid namunasini tekshirgan bo‘lsa-da, yuqori natijalar Ioniq elektromobiliga ham tegishli ekanini ta'kidladi. 

Hyundai Ioniq

Nihoyat, «eng xavfsiz kichik yo‘ltanlamas» sifatida ikkinchi avlod Volkswagen Tiguan krossoveri tan olindi. Mutaxassislar, shuningdek, yangi Mercedes-Benz E-Class natijalarini ham «ajoyib» deb tavsiflashgan. Shunga qaramay, «Vakillik avtomobili» tasnifidagi yetakchilik unga taqdim qilinmagan. Chunki u Euro NCAP tomonidan joriy yilda sinalgan o‘z toifasidagi yagona sedan bo‘lgan. 

Volkswagen Tiguan

Shu bilan birga, hozircha, «Katta yo‘ltanlamas», «O‘ta kichik avtomobil», «Miniven», «Kichik miniven» va «Sportkar» toifalari bo‘yicha eng yaxshi avtomobillar e'lon qilinmagan.

Ko‘proq yangiliklar: